AsosiyDunyo

Afg`onistondagi portlashda bir oilaning 12 a`zosi halok bo`ldi

'Afg`onistondagi portlashda bir oilaning 12 a`zosi halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil 7 avgust kuni Afg`onistonda yuz bergan portlash oqibatda bir oilaning 12 a`zosi halok bo`ldi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor. Bu haqda tarjumon.uz “Arian News» nashriga tayanib xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, voqea Paktiya provinsiyasi Sayid Karam tumanining Chino qishlog`ida yuz bergan. Oila mikroavtobus orqali viloyat markazidan qochayotganda to`satdan yo`l chetidagi mina portlagan. Oqibatda uch ayol, uch erkak va olti bola halok bo`lib, ikki bola yaralangan.

Ta`kidlanishicha, hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmagan. Paktiya provinsiyasi gubernatori esa mina portlashida «Tolibon»ni ayblayapti.

Afg`oniston mustaqil inson huquqlari bo`yicha komissiyasi (AIHRC) hisobotiga ko`ra, joriy yilning yanvar -iyun oyida tolibonlar 5321 nafar tinch fuqaroni o`ldirgan yoki jarohatlagan.

    Boshqa yangiliklar