AsosiyJamiyat

Toshkentda "Cobalt" va "Spark" to`qnashdi

'Toshkentda "Cobalt" va "Spark"  to`qnashdi'ning rasmi

Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumanida "Cobalt" hamda "Spark"  to`qnashdi. 

YHXBBning dastlabki bergan ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 10 avgust kuni soat  tahminan 15:30 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mustaqillik shoh ko`chasida haydovchi, 1968 yilda tug`ilgan T.T. boshqaruvidagi "Spark" hamda haydovchi 2002 yilda tug`ilgan D.K. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, "Cobalt" rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilayotgani ma`lum qilindi.

YHXBB barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so`ramoqda.

Boshqa yangiliklar