AsosiyJamiyat

Etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar bepul uy olishi uchun qanday navbatga turishi lozim?

'Etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar bepul uy olishi uchun qanday navbatga turishi lozim?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzolangani va ushbu Qaror bilan 2021 yil 15 avgustdan boshlab etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni uy-joy bilan ta`minlashi haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o`tamiz, turar joyga ega bo`lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga ular 18 yoshga to`lgan yilda ko`p kvartirali uy-joylardan maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo`lmagan 1 xonali, voyaga etgan etim bolalar o`rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo`lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. 

Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo`lgan bolalarga kvartiralar ko`p qavatli uylarning uchinchi qakvartiralar hokimliklar tomonidan ko`chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko`p kvartirali uy-joylar bilan ta`minlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi, bunda  navbatga o`zgartirish kiritilishiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilishiga yo`l qo`yilmaydi.

Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq ular 30 yoshga to`lguncha uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo`yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o`zi va oila a`zolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish huquqisiz ajratiladi.

Bunda, etim bola yoki ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va tegishli talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar