AsosiyJamiyat

Pastdarg`omda 1 gektar erni 200 ming dollarga sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Pastdarg`omda 1 gektar erni 200 ming dollarga sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda, Pastdarg`om tumani hududida 1 gektar er maydonini mahalliy fuqaroga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSh dollari talab qilgan shaxslar qo`lga olindi.

 

Ma`lum qilinishicha, xususiy tadbirkor 1988-y.t. R.Sh., qarindoshi 1954-y.t. G`.N. bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, tumanning “Do`stlik” massividagi “Kimyogarlar” mahallasi hududidan engil konstruksiyali issiqxona qurish uchun ajratilgan 1 gektar er maydonini fuqaro A.Sh.ga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSh dollari berishini talab qilishgan.

 

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbir davomida, R.Sh. va G`.N.lar mazkur fuqarodan kelishilgan mablag`ning 190 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

 

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

 

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar