AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Bolalar ombudsmani ta`sis etildi

'O`zbekistonda Bolalar ombudsmani ta`sis etildi'ning rasmi

Bu «Bola huquqlarining kafolatlarini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident farmonida belgilab qo`yildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosari — Bola huquqlari bo`yicha vakil lavozimi tugatildi.

 Farmonga ko`ra, Bolalar ombudsmani o`z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo`lmagan tarzda amalga oshiradi, o`z faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.

Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlisning palatalari ko`rib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar