AsosiyJamiyat

Emlanish shar`an joiz — Fatvo

'Emlanish shar`an joiz — Fatvo'ning rasmi

Emlanish shar`an joiz — Fatvo hay`ati vaksina olishning hukmini e`lon qildi.

Vaksina olish zarurati bir necha jihatlar bilan ta`kidlanadi.

Birinchidan, dinimiz ko`rsatmalariga ko`ra, Alloh taolo har bir dardning shifosini ham bergan.

Ikkinchidan, ba`zi kishilar kasal emasligini ro`kach qilib, vaksina olishga beparvo bo`ladilar, vaholanki shariatimizda bemorlikdan avval undan saqlanishga buyurilgan. Demak, bemor bo`lmagan kimsalar ham kasallik tegishining oldini olishi va shunga sabab bo`ladigan muolajalarni qilishi dinimiz talabidir.

Uchinchidan, dinimizdagi asosiy qoidalardan biri o`ziga ham o`zgaga ham zarar bermaslikdir. Demak, vaksinani olishimiz birinchi navbatda o`zimizning sog`ligimiz, qolaversa, yaqinlarimizning sog`ligini saqlashga sabab bo`ladi.

To`rtinchidan, hozirgi kunda Haj va Umra ziyorati safarini rejalashtirayotgan kishilardan ham birinchi navbatda vaksina bilan emlangan bo`lishi talab qilinmoqda. Qolaversa, dunyoning har qanday davlatiga bormoqchi bo`lgan kishidan vaksina bilan emlanganlik so`ralmoqda.

Xulosa shuki, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan fuqarolarimizga etkazib berilayotgan vaksinalarni olishimizga dinimiz ruxsat beradi. Emlanish shar`an joiz, chunki bu davolanishning bir ko`rinishidir.

    Boshqa yangiliklar