Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbeksitonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 291,7 ming tonna ko`mir ishlab chiqarilgan.
O`tgan yilning tegishli davriga nisbatan ko`mir ishlab chiqarish hajmi 782,1 ming tonnaga oshgan yoki o`sish sur`ati 151,8 foizni tashkil etgan.
Ko`mir ishlab chiqarish 2021 yilning:
- yanvar oyida 287,7 ming tonna (o`sish sur`ati 74,7 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 601,5 ming tonna (86,3 foiz);
- yanvar-mart oylarida 985,0 ming tonna (93,7 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 1 444,5 ming tonna (118,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 1 854,0 ming tonna (135,7 foiz)ni tashkil etgan.