AsosiyJamiyat

Pensionerlar “plastigi”dan pul naqdlashtirsa, foiz olinmaydimi?

'Pensionerlar “plastigi”dan pul naqdlashtirsa, foiz olinmaydimi?'ning rasmi

Tahririyatimizga pensionerlarning bank kartalaridan vositachilik haqi olinishi bo`yicha aniq tartib-taomillarni so`rab, ko`plab murojaatlar bo`lmoqda. Ba`zi pensionerlar bank kartalaridan pul naqdlashtirishda haq olinmayotganini aytsa, boshqa birov buning aksini ma`lum qilib, masalaga oydinlik kiritishimizni so`rashyapti. O`zi umuman bankomatlardan pullarni naqdlashtirishda pensionerlar uchun imtiyozlar bormi? Bo`lsa, qaysi holatlarda va kimlarga bu imtiyozlar qo`llaniladi? Shu kabi savollarga Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikasion siyosat departamenti direktori Akmal NAZAROVdan batafsilroq javob oldik.

  — Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 18 apreldagi 19-sonli majlis bayonida karantin davrida pensiyalar bank kartalariga o`tkazilishi sababli pensionerlarning bankkartalari orqali amalga oshirilgan operasiyalar uchunkomission to`lovlarni undirmaslik tartibini joriy etish ko`rsatib o`tilgan. Shunga asosan pensionerlar uchun Aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan va 22617–“Pensionerlarning plastik kartochkalari bo`yicha majburiyatlar” hisobvarag`ida hisobi yuritiladigan to`lov tizimlari (UZCARD to`lov tizimida “0602” va “0610” – sonli BINlar hamda HUMO to`lov tizimida “0824” va “0825” – sonli BINlar bilan ochilgan) bank kartalari orqali respublikamizdagi barcha banklarning infratuzilmasidagi terminal/bankomatlar tarmog`ida amalga oshirilgan tranzaksiyalardan vositachilik haqi undirilmasligi belgilangan. Ya`ni, Xalq banki tomonidan pensionerlarga taqdim etilgan mazkur BINdagi HUMO hamda UZCARD bankkartalaridan mablag`lar naqdlashtirilganda, hech bir bank tomonidan vositachilik haqi undirilmaydi.

Bu faqat karantin davridagi amaliyotmi? 

— Yo`q, bugungi kunda ham yuqorida aytib o`tilganbank kartalaridan hech qanday vositachilik haqi undirilmaydi.
Shuningdek, yana bir qulaylik sifatida qayd etish kerakki, agar pensionerlarga pensiya mablag`lari ularning xohishiga ko`ra, boshqa tijorat banklarining bank kartalari orqali to`langan holda, undagi mablag`lar pensionerlar tomonidan har bir bankning to`lovinfratuzilmasida foizsiz naqdlashtirish imkoniyati mavjud. Ta`kidlash o`rinliki, ish bilan band fuqarolarga (ishlovchi pensionerlar) pensiya mablag`lari Xalq bankidan boshqa tijorat banklarining bank kartalari orqali to`langan holatda, undagi mablag`larni pensionerlar tomonidan har bir tijorat bankining to`lov infratuzilmasida (terminallar hamda bankomatlarida) foizsiz naqdlashtirish imkoniyati mavjud. Masalan, “Ipoteka-bank” tomonidan ishlovchi pensionerlarga taqdim etilgan bank kartalari orqali faqat mazkur bankka tegishli barcha to`lov infratuzilmasida vositachilik haqisiz naqd pul mablag`lari olinishi mumkin.

Bank boshqa, bankomat boshqa bankniki bo`lgan holatda foiz olinadimi?

 — Agar pensionerlar o`z bank kartalaridan boshqa banklarning to`lov infratuzilmalari orqali naqd pul mablag`lari echib olmoqchi bo`lsalar, u holda vositachilik haqi undirilishi mumkin. O`z navbatida, pensionerlarning bank kartalaridan boshqa tijorat banklarining to`lov infratuzilmalari orqali naqd pul mablag`lari olinganda O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonuni 62-moddasida bank tariflarida belgilangan vositachilik haqi undiriladi.

Yana bir eslatma shukiO`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to`lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ–2753-sonli qaroriga ko`ra, pensionerlar o`z xohishlari bilan bank kartasi ochmagan holda pensiya mablag`larini to`liq naqd pulda ham olishlari mumkinligi eslatib o`tiladi.

                                                                                                                                               Sardorbek RAHMONQULOV suhbatlashdi

Boshqa yangiliklar