AsosiyJamiyat

“Rasmiy statistika to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi

'“Rasmiy statistika to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi'ning rasmi

 O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasining “Davlat statistika to`g`risida”gi Qonuni 2002 yilda qabul qilingan bo`lib, tahlillar  mazkur qonunning xalqaro andozalarga, bugungi kun talablari va chaqiriqlariga to`liq mos kelmasligini ko`rsatdi.

Yangi qonunni ishlab chiqishda BMTning Evropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan Sharqiy Evropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan Rasmiy statistika to`g`risidagi model qonuniga tayanildi.

Natijada, bugungi kun talablariga va xalqaro andozalarga to`la mos keluvchi yangi O`zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to`g`risida”gi Qonuni ishlab chiqilib, davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi.

Yangi Qonun 7 ta bob va 44 ta moddadan iborat bo`lib, avvalgi qonundan tubdan farqi qiladi.

Milliy statistika tizimi faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Davlat statistika qo`mitasi vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.  

Qonunga ko`ra, rasmiy statistika davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma`lumotlaridan iborat.

Bir so`z bilan aytganda, yangi O`zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to`g`risida”gi qonuni milliy statistika tizimi faoliyatini tartibga solish barobarida,  rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta`minlash borasidagi islohotlarning natijadorligiga erishish, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma`lumotlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish va shak-shubhasiz mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar