AsosiyJamiyat

Payariqqa yangi hokim tayinlandi

'Payariqqa yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

 Bugun xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o`tkazildi.  

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov qatnashgan sessiyada tashkiliy masala ko`rildi.  2019 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Dilshod Musinov o`z arizasiga ko`ra, lavozimidan ozod etildi. 

 Shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xo`jaligi boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlab kelgan Ergashev Zafar Avazovich Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.2019 yildan buyon Payariq tumaniga rahbarlik qilgan Dilshod Musinov o`z arizasiga ko`ra, lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Payariq tumanidagi sektor rahbarlari ham vazifasidan ozod etildi. Tumanga yangi prokuror, IIB boshlig`i hamda Davlat soliq inspeksiyasi rahbari tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar