AsosiyJamiyat

Onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd so`mlik “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan

'Onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd so`mlik “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Respublika tovar xom-ashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tgan  matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 oylik yakunlariga ko`ra birja savdolari orqali 797,3 ming dekalitr etil spirti, 12,6 ming tonna polivinilxlorid, 1 225 tonna formalin va 224 kilogramm kumush sotildi.

O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 46,7% ga o`sib, qariyb 46,0 trln so`mni tashkil qildi. Bunda tuzilgan bitimlar hajmining 87%i birja savdolariga, qolgan qismi esa elektron tijorat savdo tizimlari, shu jumladan ko`rgazma-yarmarka savdolari, elektron davlat xaridlari, avtoraqam va mobil raqam onlayn auksionlariga to`g`ri keldi.

Yanvar-iyul oylarida elektron davlat xaridlari bo`yicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi o`tgan yilga nisbatan deyarli 2,4 barobarga oshib, 4 670,3 mlrd so`mga teng bo`ldi. Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilari mablag`larining tejalishi ikki marotabaga o`sib, 840,6 mlrd so`mni tashkil qildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd so`mlik 83,2 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bunda, avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2,4 barobarga, hajmi bo`yicha – 42% ga o`sdi. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so`mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so`mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o`rtacha qiymati 2,0 mln so`mga teng bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar