AsosiyJamiyat

OKMK koronavirusga ixtisoslashtirilgan shifoxona ochdi

'OKMK koronavirusga ixtisoslashtirilgan shifoxona ochdi'ning rasmi

Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi taklifi bilan, “Olmaliq KMK” AJ tassarufidagi “Bahor” mehmonxonasi koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va reabilitasiya qilish maqsadida ixtisoslashtirilgan shifoxonaga aylantirildi.

OKMK Tibbiyot xizmati boshlig`i Abdujabbor To`xtaboevning ma`lum qilishicha, hozirda Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi va kombinat o`rtasida belgilangan tartibda tibbiyot vositalarini qabul qilish hamda ularni o`rnatish, infeksiyani yuqtirib olgan fuqarolarni qabul qilish ishlar olib borilmoqda.

Mazkur ixtisoslashtirilgan shifoxona 140 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, shundan 12ta o`rin reanimasiya  uchun 20 tasidan esa intensiv davolash uchun foydalaniladi. Har bir palatadagi koykaga uzluksiz kislorod etkazib beruvchi moslama o`rnatilgan.

E`tiborlisi, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida kombinat tomonidan umumiy hisobda 431 million so`mlik 4 ta sun`iy nafas oldirish apparati, 4 ta nafas olish yo`llariga uzluksiz bosim beruvchi uskuna, 22 ta kislorod konsentratlari, 4 ta kardiomonitor, 1 ta defibliator va 4 ta tibbiy aspiratorlar muassasaga beg`araz homiylik yordami sifatida etkazib berildi. Shuningdek, kombinat tibbiy xizmatining ko`chma raqamli rentgen uskunasi ham ushbu shifoxonaga foydalanish uchun topshirildi.  Yaqin kunlarda yana reanimasiya bo`limiga 12 dona funksional krovatlar olib kelinishi kutilmoqda. Ushbu krovatlar davolovchi shifokorlarning ham muolajalarni bemalol olib borishlariga imkon beradi.

Bundan tashqari, muassasa qo`shimcha ravishda kombinat tomonidan maxsus tibbiyot anjomlari, koronavirus infeksiyasida qo`llaniluvchi dori vositalari, dezinfeksiyalovchi eritma va reaktivlar bilan ta`minlangan. Kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari biriktirilgan. Zarurat tug`ilsa Respublika va viloyat tibbiyot muassasalaridan ham malakali shifokorlar safarbar etiladi.

Shifoxonada bugungi kunda (12 avgust holatiga) 125 nafar bemor davolanmoqda. Mazkur muassasada davolanayotgan bemorlarga 4 mahal issiq ovqat tashkil etilgan.

Boshqa yangiliklar