AsosiyJamiyat

Prezidenti huzuridagi innovasiya markazi direktori vafot etdi

'Prezidenti huzuridagi innovasiya markazi direktori vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 12 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazi direktori Nurlibek Yusupovich Mirzamuratov 58 yoshida olamdan o`tdi.

Ma`lumot o`rnida, Nurlibek Mirzamurotov 1963 yil 4 sentyabrda Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumanida tug`ilgan, millati qoraqalpoq, ma`lumoti oliy. 1990 yilda Toshkent avtomobil yo`llari institutini tamomlagan, mutaxassisligi bo`yicha muxandis-quruvchi. “Adolat” sosial demokratiyalik partiyasi a`zosi, 2012-2014 yillar oralig`ida Xalq deputatlari Mo`ynoq tumani Kengesi deputati, 2014-2019 yillar oralig`ida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi  deputati bo`lgan.

Nurlibek Mirzamurotov 2018 yil oktyabr oyidan umrining oxirgi kunlarigacha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Vatan oldida ko`rsatgan fidokorona xizmatlari e`tiborga olinib, 2020 yilda O`zbekiston hukumati tomonidan “Vatan fidoyisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan.

Boshqa yangiliklar