AsosiyJamiyat

O`zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlanib bo`ldi

'O`zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlanib bo`ldi'ning rasmi

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash ishlari jadal olib borilmoqda. Emlash ishlari Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, harbiy gospitallar, harbiy qism va muassasalar tibbiyot xizmatlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi boshlig`i, tibbiy xizmat podpolkovnigi Jamshid Shakirov UzAga ma`lum qildi.

Emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaksinatorlar tayyorlandi, shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi. 

Shtatida tibbiyot xizmati, tibbiyot xizmatining shifokor lavozimi bo`lmagan harbiy qism va muasasalarning shaxsiy tarkibi harakatdagi emlash brigadalari tomonidan emlash ishlari olib borilishi yo`lga qo`yildi.

Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-o`zbek vaksinasidan, shuningdek “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi.

2021 yilning avgust oyidan boshlab Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini emlash yo`lga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar