Ertaga, 14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi yurtimizga olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shunda yurtimizga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga etadi.
Ulardan:
370 000 dozasi "Sputnik V",
986 480 dozasi AstraZeneca,
10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001,
3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Eslatib o`tamiz, 12 avgust holatiga ko`ra, jami 11 651 161 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Shu kungacha yurtimizda koronavirusga qarshi to`liq emlangan fuqarolar 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.






