Rossiya poytaxti Moskva shahrida DAISh terrorchilik guruhiga aloqador 20 kishi qo`lga olindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qo`lga olinganlar DAISh terrorchilik guruhiga da`vat etish bilan shug`ullangan. Ularning Turkiya fuqarosi ekanligi aytilmoqda. Qo`lga olinlanganlarning yonida soxta hujjatlar bo`lgan. Hozirda ularning xalqaro ekstremistik tashkilotlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
O`tgan oyda Ekaterinburg shahrida DAISh terrorchilik tashkilotining sakkiz nafar a`zosi qo`lga olingan edi. Ular qo`ldan yasalgan portlovchi moslamalar vositasida Moskva, Peterburg va Sverdlovsk shaharlarida teraktlar o`tkazishni rejalashtirgnalikda ayblanmoqda.