AsosiyJamiyat

"Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg`a bo`ldi" – Shavkat Mirziyoev Tokio-2020 g`olib va sovrindorlarini tabrikladi

'"Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga munosib sovg`a bo`ldi" – Shavkat Mirziyoev Tokio-2020 g`olib va sovrindorlarini tabrikladi'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlandi. Tantanali tadbirda davlatimiz rahbari nutq so`zlamoqda:

 "Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O`zbekiston milliy terma jamoasining Olimpiya o`yinlarida qo`lga kiritgan ulkan, tom ma`noda tarixiy g`alabasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, barchamiz dunyodagi eng nufuzli ana shu musobaqalarda O`zbekiston vakillarining har bir chiqishini “oynai jahon” orqali katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordik.

O`z navbatida, mard va jasur sportchilarimiz ham bunday yuksak ishonchni oqlab, xalqimizga yorqin g`alabalarni tortiq etdilar.

Hech shubhasiz, bu Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shonli bayramiga munosib sovg`a bo`ldi.

Olimpiadada sportchilarimiz yuksak shohsupalarga ko`tarilib, 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo`lga kiritdilar.

 Hammamizga ayonki, Olimpiya o`yinlarida er yuzining eng zo`r, manaman degan sport ustalari ishtirok etadi.  

Sizlar dunyo tan olgan sportchilar bilan mardona olishib, ularning o`zini ham, ular erishgan natijalarni ham ortda qoldirib, 3 ta Olimpiya rekordini yangilab, jahon sportida ham yorqin sahifa ochdingiz.

Mamlakatimiz jamoasi 200 dan ziyod davlatdan kelgan eng kuchli sportchilar orasida umumjamoa hisobida – o`ttiz ikkinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligida – ikkinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o`rinni egalladi. Bu chindan ham o`zbek sporti tarixidagi ulkan natijadir."

Boshqa yangiliklar