Prezident Shavkat Mirziyoev Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari, nufuzli xalqaro musobaqalarning g`olib va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini rag`batlantirishning zamonaviy tizimini joriy etish zarurligini qayd etdi.
"O`smirlar va yoshlar o`rtasidagi jahon musobaqalarining g`olib va sovrindorlarini hamda ularni ana shu musobaqalarga tayyorlagan murabbiylarni ham rag`batlantirishni kengaytiramiz.
Bunda oltin medal sovrindoriga – 3 ming dollar, treneriga – 2 ming dollar, kumush medal sohibiga – 2 ming dollar, treneriga 1 ming dollar, bronza medali uchun – 1 ming dollar, treneriga – 500 dollar miqdorida mukofot puli beriladi.
Bundan tashqari, nufuzli xalqaro chempionatlar g`oliblarining ustozlari “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi”, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari bilan taqdirlanadi.
Abduhakimov, Ishmetov Milliy olimpiya qo`mitasi va Milliy paralimpiya qo`mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda sportni moliyalashtirish tizimini tubdan qayta ko`rib chiqib, uni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
Bunda ushbu jarayonning shaffof bo`lishi hamda sarflangan mablag`larning natijadorligiga, iqtidorli sportchilarni tayyorlagan birinchi trenerlarni ham moddiy rag`batlantirishga alohida e`tibor qaratilsin".






