Facebook ijtimoiy tarmog`ida Murod Mo`minov profili ostida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida barchaga o`zini tanishtirib, aldov yo`li bilan noqonuniy daromad qilayotgan shaxs qo`lga olingan.
Dastlab bunday firibgarlikdan jabrlangan fuqaro “N.S” tomonidan Agentlik direktori nomiga ariza bilan murojaat qilinib, unga nisbatan qonuniy jazo ko`rilishi so`ralgan.
Holat o`rganilganda, fuqaro M.Mo`minov o`zini Agentlik xodimi sifatida tanishtirib, ariza muallifiga avtomashina va uy olib berishni va`da qilib, undan 11.000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag`larini aldov yo`li bilan olganligi aniqlangan.
Keltirib o`tilgan holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan M.Mo`minovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






