Prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi Olimpiada o`yinlariga tayyorgarlik ko`rish doirasida ko`rilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar haqida ham ko`rsatmalar berdi.
"Parijda bo`lib o`tadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod lisenziyani qo`lga kiritish va medallar bo`yicha etakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.
Har bir hudud kesimida Olimpiada o`yinlariga hozirlik ko`rish dasturlarini ishlab chiqib, uni tizimli tashkil etish kerak.
Sport ta`lim muassasalarida Paralimpiya bo`limlarini tashkil etib, ularga 10 foiz qo`shimcha kvotalar ajratish yaxshi natija berishi mumkin.
Sportchilarni o`qitishda ota-onalar tomonidan pul to`lash tartibini bekor qilish zarur. Shuningdek, bitiruvchilarni oliy ta`lim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yo`nalishlari bo`yicha davlat granti asosida to`g`ridan-to`g`ri ikkinchi bosqichga, imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimini ham joriy etishimiz kerak.
Shu o`rinda katta xarajatlar evaziga xorijdan sportchilarni (legioner) olib kelish tajribasi unchalik ham o`zini oqlamayotganini ochiq aytishimiz kerak.
Bunday amaliyotdan voz kechib, mahalliy sportchilarimizni tarbiyalashga jiddiy e`tibor qaratadigan payt keldi.
Xorijdan legionerlar emas, etuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak", - dedi Prezident






