Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani tez orada ichki siyosiy vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan mamlakat aholisiga murojaat qilib, mamlakatni tark etishi mumkin. Bu haqda «Al Mayadeen» telekanaliga asoslanib, «TASS» xabar bermoqda.
Telekanal muxbirining aniqlik kiritishicha, G`ani kechqurun murojaat qiladi va istalgan vaqtda mamlakatni tark etishi mumkin. Bu ma`lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan, ammo rad etilmagan ham.






