Kecha, 13 avgust kuni 529 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 17414 nafarga etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Kecha pnevmoniya bilan kasallanganlarning 521 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 10023 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 117 nafarga etdi.






