AsosiyDunyo

Amerika Kobulga qo`shimcha kuchlarni o`tkaza boshladi

'Amerika Kobulga qo`shimcha kuchlarni o`tkaza boshladi'ning rasmi

Qo`shma Shtatlar Kobulga qo`shimcha kuchlarni o`tkaza boshladi. Ularning asosiy qismi hafta oxirigacha shaharga joylashtiriladi. Bu haqda Pentagon ma`lum qildi.

Holat yuzasidan Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh davlat kotibi Blinken, mudofaa vaziri Ostin va milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchi Sallivan bilan Afg`oniston masalasi bo`yicha uchrashuv o`tkazdi.

Ular AQSh fuqarolarini bu mamlakatdan iloji boricha xavfsizroq olib chiqishni muhokama qilishdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Tolibon harakati Afg`onistonning qo`shni davlatlariga, shuningdek, mamlakat hududida joylashgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar a`zolariga hech qanday xavf tug`dirmasligini va`da qilgan murojaat bilan chiqdi.

    Boshqa yangiliklar