Ma'lumotlarga ko'ra, so'nggi yillardagi eng xavfli faollik markazlaridan birini Solar Orbiter kosmik apparati qayd etgan.
Olimlar ta'kidlashicha, bu holat hajmi va Quyosh diskidagi joylashuvi bo'yicha 2024 yil may oyida kuzatilgan 3664-raqamli faollik sohasiga o'xshaydi. O'shanda yuz bergan kuchli chaqnashlar so'nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo'ronini keltirib chiqargan edi.
Mutaxassislar fikricha, tarixdagi eng kuchli quyosh chaqnashlari aynan yirik faollik sohalarida sodir bo'lgan.
Qayd etilishicha, taxminan bir haftadan keyin ushbu dog'lar Yerdan ko'rina boshlaydi. Yana bir haftadan so'ng esa ular Yerga nisbatan eng xavfli nuqtaga — to'g'ridan to'g'ri ro'para holatga kelishi mumkin.
Shu bilan birga, olimlar ikki hafta ichida Quyoshdagi faollik keskin o'zgarishi yoki dog'lar butunlay yo'qolib ketishi ham ehtimoldan xoli emasligini bildirmoqda.






