AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan boshlab Rossiyaga kirish tartibi o`zgaradi

'1 sentyabrdan boshlab Rossiyaga kirish tartibi o`zgaradi'ning rasmi

 1 sentyabrdan MDH mamlakatlari, jumladan O`zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o`zgaradi. “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan yo`lovchilar uchun kiritilayotgan yangi tartib haqida ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, endi o`zbekistonliklar “COVID-19 siz sayohat qilaman” (Puteshestvuyu bez COVID-19) ilovasi orqali taqdim etilgan “yashil” status QR-kodini ko`rsatishlari shart bo`ladi.

QR-kodni olish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

1. App Store, Google Play, AppGallery (Huawei ilovalari do`koni) orqali “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasini yuklash;

2. Mobil ilova yuklanganidan so`ng uni ishga tushirish, til va geolokasiyani tanlash;

3. Qaysi davlatdan qaysi davlatga ketayotganligingizni belgilash;

7. 72 soatdan ko`p bo`lmagan vaqtda PZR-testini O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan laboratoriyalarda topshirish. Laboratoriya xodimiga test natijasini “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasi orqali olmoqchi ekanligingizni xabar berish. Pasport va uning seriya raqamini kiritish;

8. Telefoningizdagi QR-kod orqali laboratoriya tomonidan berilgan test natijalarini skan qilish;

9. Chegarani kesib o`tayotganingizda mas`ul xodimga QR-kodni telefoningiz ekrani orqali taqdim etish.

    Boshqa yangiliklar