AsosiyJamiyat

Yondosh kasalligi bo`lgan bemor koronavirusdan uy sharoitida davolanishi mumkinmi?

'Yondosh kasalligi bo`lgan bemor koronavirusdan uy sharoitida davolanishi mumkinmi?'ning rasmi

Yondosh kasalligi bo`lgan bemor koronavirusdan uy sharoitida davolanishi mumkinmi? Ushbu savol bilan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi  kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Ulug`bek QAYuMOVga quyidagicha javob berdi:

— Ma`lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo`yicha 8-versiya standartlari ishlab chiqilgan bo`lib, bemorlar uy sharoitida ham ana shu standartlarga rioya qilgan holda davolanishlari maqsadga muvofiq. Shu ma`noda aytsak, agar yondosh kasalligi bo`lgan bemorning tana harorati 38 darajadan oshmasa va isitma ko`tarilishi surunkali davom etmasa, shuningdek, nafas olishi, yurak urishi bir me`yorda bo`lsa, bunday hollarda koronavirusdan uy sharoitida davolanish mumkin bo`ladi. Biroq qandli diabetga chalingan bemorning qonida qand miqdorining oshishi yoki tushib ketishi kuzatilsa, ular albatta stasionar sharoitda davolanishi lozim. Qon bosimi me`yordan oshib yoki tushib ketganda ham shifoxonaga yotish kerak bo`ladi. Agar koronavirusga chalingan bemorning qandli diabet xastaligi bo`lsa-yu, qonda qand miqdori me`yorda tursa, bunday kasallar uyda davolanishlari mumkin. Shuni bilish kerakki, hozirda shifoxonaga og`ir ahvolda murojaat qilayotganlarning aksariyati uyda o`zboshimchalik bilan davolangan bemorlardir. Ya`ni, ular kasallikni davolash uchun o`z vaqtida to`g`ri muolaja qilmagan. Shu bois, odamlardan turli davo usullarini eshitib, davolanish to`g`ri emas. Uy sharoitida davolanganda albatta shifokor nazoratida bo`lish zarur.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar