AsosiyJamiyat

Surxondaryo hokimining Toshkentdan 900 ming dollarga uy xarid qilgani rostmi?

'Surxondaryo hokimining Toshkentdan 900 ming dollarga uy xarid qilgani rostmi?'ning rasmi

Telegram`da Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolovning Toshkent shahridan 900 ming dollarga uy xarid qilgani aytilgan video tarqaldi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan To`ra Bobolovning matbuot kotibi esa mazkur ma`lumotni rad etdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Zahiriddin To`raevning ma`lumot berishicha, bu video ikki oy ilgari viloyat hokimi To`ra Bobolovning e`tiborini tortgan.

“Viloyat rahbari Toshkentdan uy olganligini eshitgach, bu haqda gap tarqatgan Shoberdi Suyunov bilan o`zlari gaplashib, bu gapni qaerdan olgani bilan qiziqqandi”, — deydi Zahiriddin To`raev.

Zahiriddin To`raev viloyat rahbariga tegishli uylar haqidagi ma`lumotga aniqlik kiritar ekan, “Qishloqda onalarining, Termizda esa o`zlarining uyi bor”, — dedi.

Boshqa yangiliklar