AsosiyJamiyat

Jizzaxda fuqaro olib ketayotgan quvurlar gaz ta`minoti korxonasiga tegishli bo`lib chiqdi

'Jizzaxda fuqaro olib ketayotgan quvurlar gaz ta`minoti korxonasiga tegishli bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ichki ishlar organlari xodimlari tungi soat 23:00 da Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Qulfisar” mahalla fuqarolar yig`ini hududida “Isuzu” rusumli avtoulovni to`xtatib tekshirganlarida, avtoulov yukxonasida diametri 100 millimetrlik 309 metr uzunlikdagi gaz quvurlari borligi ayon bo`ldi. Bu haqda “Rostda” muxbiri xabar bermoqda.

 Surishtiruv jarayonida Jizzax shahri “Qaliya” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi haydovchi B.O`. quvurlarga oid hujjatlarni taqdim qila olmagan.

Ko`p o`tmay ichki ishlar organlari xodimlari qiymati 21 million 630 ming so`mlik ushbu mahsulot tumanning “Qahramon” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi M.Yu. tomonidan o`g`irlanganligini aniqladilar. Quvurlar Sharof Rashidov tumani gaz ta`minoti korxonasiga tegishli bo`lib chiqgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar