"Tolibon" Afg`oniston shimolidagi yirik shahar Mozori Sharifni egallagach, afg`on fuqarolarining "Termiz-Hayraton" ko`prigining Afg`oniston qismida to`planib qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar tarqalmoqda.
Ayni paytda ko`prikning Afg`oniston tarafiga to`plangan qo`shni davlat fuqarolari olib borilgan diplomatik siyosat va tushuntirish ishlari natijasida ko`prik va unga tutash hududdan chekingan.
Afg`onistonda yuzaga kelgan bu vaziyatda mamlakatimizning Davlat chegarasini qo`riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha zarur xavfsizlik choralari ko`rilgan.






