Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqolpog`iston Respublikasi Amudaryo tumani, Mang`it shahrida yashovchi yosh tadbirkor IIB xodimlari tomonidan kaltaklaganligi haqida ma`lumotlar tarqalmoqda.
IIV Axborot xizmati rahbari Sh.K.G`iyosov bu ma`lumotlarni yolg`on ekanligini ta`kidlamoqda.
Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 30 iyun kuni taxminan soat 23:00da Amudaryo tumani Mang`it shahrida joylashgan Istirohat bog`ida tashkillashtirilgan “Yoshlar festivali” yakunlanib, fuqarolar tarqalayotgan vaqtda, shu erda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari, 7-8 nafar yoshlar o`zaro janjallashayotganligini ko`rib, jamoat tartibini buzayotgan fuqarolarning shaxsini aniqlab, profilaktik chora ko`rish maqsadida Amudaryo tumani IIBga taklif qilishgan.
Yoshlar orasida fuqaro U.N. IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmay ularga faol qarshilik ko`rsatgan. Fuqaro U.N. va uning shariklari IIBga olib kelingan va navbatchilik qismida, videokamera tasviri ostida tegishli profilaktik suhbat o`tkazilib, huquqbuzarliklari tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Shundan so`ng, fuqaro U.N. IIB binosidan chiqib, Amudaryo tumani IIB profilaktika inspektorlari J.Ataniyazov va A.Nagimetovlar uni haqoratlab tan-jarohati etkazganligi to`g`risida shikoyat qilgan.
Fuqaroning shikoyati prokuratura organlari tomonidan o`rganilib, tuman IIB profilaktika inspektorlarining harakatlarida qonun buzilish holatlari aniqlanmangan.






