Janubiy Koreyaning yirik kanallaridan biri bo`lgan KBS telekanali O`zbekiston haqida lavha suratga oladi, deb xabar berdi O`zbekiston EOAVMA matbuot xizmati.
Lavhada O`zbekiston Osiyoning rivojlangan va etakchi mamlakatlaridan biri sifatida aks etadi.
Janubiy Koreyaning yirik KBS telekanalining suratga olish guruhi Osiyo qit`asining etakchi va rivojlangan mamlakatlari haqida hikoya qiladigan “Super Asia” teleko`rsatuvi uchun 3 dan 10 aprelga qadar O`zbekiston haqida lavhani suratga oladi.
Ushbu ko`rsatuvda O`zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, rang-barang an`analari haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari koreys tomoshabinlariga O`zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari ham namoyish etiladi.
Elektron OAV Milliy Assosiasiyasi ofisida suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha yig`ilish o`tdi. Unda assosiasiyaning barcha vakillari, KBS telekanali suratga olish guruhining rahbari janob Jey Jong va uning ma`muriy yordamchilari ham qatnashdi.





