AsosiyJamiyat

44 960,3 mlrd. so`m metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilgan

'44 960,3 mlrd. so`m metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning dastlabki 6 oyida respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1 172 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 44 960,3 mlrd. so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 2021 yilning:

-  yanvar oyida 6 820,2 mlrd. so`m (fizik hajm indeksi

103,9 foiz);

- yanvar-fevral oylarida 13 205,4 mlrd. so`m (105,4 foiz);

- yanvar-mart oylarida 20 658,3 mlrd. so`m (107,9 foiz);

- yanvar-aprel oylarida 28 817,4 mlrd. so`m (111,2 foiz);

- yanvar-may oylarida 36 080,2 mlrd. so`m (111,7 foiz)ni tashkil etdi.

 Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 50,4 % (31 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 39,5 % (137 ta), hamda Toshkent shahri 7,8 % (311 ta) hissasiga to`g`ri keldi.

    Boshqa yangiliklar