Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro X.B. pandemiya sharoitida talab yuqori bo`lgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotib daromad orttirish maqsadida, xorijda ishlab chiqarilgan 218 quti “Remdisivir-Rameda 100 mg Vial 20 ml” nomli dori vositasining har bir qutisini 600 ming so`mdan hisoblab, to`lovni AQSh dollarida amalga oshirishga kelishib jami 12 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko`ra, 218 quti dori vositasining umumiy bahosi 91,5 mln so`mni tashkil etgan.
Shu kabi, Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbirda, 3 nafar fuqaro oldindan til biriktirib, dori vositalarini dorixona va uning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, 63 quti “Kleksan” nomli dori vositasini har birini 900 ming so`mdan baholab, jami 57,6 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






