AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev ilk marta bosma nashrga intervyu berdi

'Prezident Shavkat Mirziyoev ilk marta bosma nashrga intervyu berdi'ning rasmi

Prezident matbuot kotibi tomonidan 16 avgustda o`tkazilgan  brifingda Shavkat Mirziyoevning bu haftada rejalashtirgan ishlari haqida xabar berildi. Bu haqda muxbirimiz ma`lum qildi.  

Unga ko`ra, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini transformasiya qilish, o`quv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish, er hisobini yuritish sohasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan taqdimotlar o`tkazilishi mo`ljallangan. 

Shuningdek, O`zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”ga faol tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Ma`lum qilinishicha,  xalqimiz uchun qiziqarli yana bir anons: 17 avgust kuni “Yangi O`zbekiston” gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoevning intervyusi chop etiladi.

 " – Gazeta bosh muharriri Salim Doniyorov bilan bo`lgan ushbu suhbatda O`zbekistonning oxirgi 5 yillikdagi rivojlanish yo`li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqidagi so`z boradi. Ishonchim komilki, bu suhbat keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg`otadi", – deydi Prezident matbuot kotibi.

 

 

    Boshqa yangiliklar