15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg`oniston farqlash belgilari bo`lgan samolyot qulab tushdi. Bu haqda «Gazeta.uz» internet nashri holat bo`yicha O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan izoh ololmagan. Mudofaa vazirligi holatni o`rganayotganligini ma`lum qilgan.
Nashrning Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afg`onistonlik harbiy xizmatchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilganligini tasdiqlagan.
Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, samolyotda bo`lganlar parashyut bilan sakrashga muvaffaq bo`lgan.
Shuningdek, yana bir o`zbekistonlik harbiy xizmatchining kasalxonaga yotqizilganligi haqida xabar berilmoqda. Uning ahvoli og`ir deb baholanmoqda. Bu afg`on samolyot bilan qulashi bog`liqmi yoki yo`qmi, ma`lum emas.






