AsosiyJamiyat

O`zbekistonda moderna vaksinasining 2-dozasi ta`minotida uzilish bo`lmaydimi?

'O`zbekistonda moderna vaksinasining 2-dozasi ta`minotida uzilish bo`lmaydimi?'ning rasmi

Aholini havotirga solayotgan ushbu savolga  Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva quyidagicha javob berdi:

 " - Davlatimizda vaksinalar kelishi va emlanish jarayoni borasida logistik taqsimot va nazoratini olib borish uchun elektron nazorat tizimi mavjud. Mazkur tizim asosida zaxiradagi vaksinalar va emlanayotganlar soni va ta`minot o`z vaqtida bo`lishi olib boriladi.

Moderna vaksinasi olib kelindi, siz bu vaksina bilan emlanganingan bo`lsangiz, logistik ro`yxatga kiritilgansiz va keyingi bosqich vaksinasiyaga kelish sanangiz ham belgilanib qo`yilgan. Birinchi doza vaksinani olganlar uchun ikkinchi doza ta`minoti albatta bo`ladi.  

️Agar zaxiradagi vaksinalar miqdori ro`yxatdan o`tgan 2-doza oluvchilar soniga tenglashsa, vaksinani birinchi marta oluvchilar uchun emlash to`xtatiladi", -  dedi Sevara Ubaydullaeva.

 

    Boshqa yangiliklar