1

"Covid-19"ning simptomsiz va engil shakllarida uy sharoitida qanday davolanish mumkin?

Salomatlik 16.08.2021, 15:25
Teglar: simptomsiz koronavirus
"Covid-19"ning simptomsiz va engil shakllarida uy sharoitida qanday davolanish mumkin?

 "Covid-19"ning simptomsiz va engil shakllaridan uy sharoitida qanday davolanish mumkin?

Ushbu savolga  Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Feruza Xamrabaevaga javob berdi.

— Ta`kidlash lozimki, yurtimizning barcha hududlarida fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratish, "COVID-19" alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishi bilan bog`liq bo`lgan har qanday savollarga aniq va ishonchli javob berish maqsadida doimiy ravishda faoliyat yurituvchi, malakali mutaxassislar bilan ta`minlangan 1003 qisqa raqamli Sall-markaz tunu-kun uzluksiz ishlamoqda. Jumladan, Toshkent shahrida uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko`rsatishga ixtisoslashgan 11 ta maxsus poliklinikalar ishlab turibdi. Barcha "COVID-19" alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishlari bilan bog`liq masalalar bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Sall-markaziga hamda yashash joyingizdagi oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punkti yoki qishloq oilaviy poliklinikasiga telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin.  

Shu o`rinda, Sog`liqni saqlash vazirligi "COVID-19" alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarga uy sharoitida davolanish davrida: 

  • kasallikni oila a`zolari va boshqa fuqarolarga yuqtirmaslik uchun uydan chiqmasliklarini;
  • aksirgan, yo`talganda burun va og`izni yopishni;   
  • qo`lni doimo sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararsizlantirishni;
  • tibbiy niqob taqish va uni belgilangan tartibda almashtirishni;  
  • xonani har 2-3 soatda tez-tez shamollatishni;
  • ovqatlanganda alohida idish-tovoqlardan foydalanishni hamda sanitariya qoidalariga qat`iy amal qilishni tavsiya etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1