AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi xorijiy davlatlar kapitalidagi korxonalar soni ochiqlandi

'O`zbekistondagi xorijiy davlatlar kapitalidagi korxonalar soni ochiqlandi'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 avgust holatiga O`zbekistonda ro`yxatdan o`tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,5 mingtani tashkil etib, ulardan 12,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1 772 taga oshgan.

 Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 2 291 ta
  •  Xitoy – 1 915 ta  
  •  Turkiya – 1 776 tA
  •  Qozog`iston – 1 023 ta
  •  Koreya – 923 ta

 

 Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

 Turkiya – 252 ta

Rossiya – 228 ta

Xitoy – 161 ta  

Qozog`iston – 121 ta

Koreya – 64 tani tashkil etgan.

Boshqa yangiliklar