Fuqarolar va yuridik shaxslar ma`muriy sudlarga murojaat etish chog`ida ariza yoki shikoyatning shakli va mazmuniga nisbatan qo`yilgan talablarga to`liq amal qilmaydilar. Bunday e`tiborsizlik sudga taqdim etilgan arizani qabul qilishni rad etish yoxud uni qaytarishga asos bo`ladi. Natijada ortiqcha ovoragarchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Xo`sh, arizaning shakli va mazmuni qanday bo`lishi kerak? Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot xizmati rahbari Aziz Abidov javob berdi.
Ma`lum qilinishicha, ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeksning 128-moddasiga ko`ra, birinchi navbatda ariza yoki shikoyat berilayotgan sudning nomi aniq ko`rsatilishi kerak. Masalan, hozirgi kunda Toshkent shahri va viloyat markazlarida tumanlararo ma`muriy sudlar tashkil qilinganini hisobga olib, Toshkent tumanlararo yoki boshqa viloyat tumanlararo ma`muriy sudiga deb ko`rsatish maqsadga muvofiq. Qonunchilikka ko`ra ariza yoki shikoyatda sudning nomini to`g`ri ko`rsatmaslik ham uning ko`rmasdan qaytarilishiga asos bo`ladi.
Shuningdek, arizada:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi);
joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
arz qilingan talablarga asos bo`lgan holatlar (agar ular mavjud bo`lsa);
arz qilingan talablarning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
arizachining qonun hujjatlariga asoslab keltirgan talablari, talab bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana;
ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar yoki harakatsizlik sodir etilgan sana va joy;
arizachining fikriga ko`ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakatlar yoki harakatsizlik tufayli uning buzilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to`g`risidagi ma`lumotlar;
arizachining fikriga ko`ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorning, harakatlarning yoki harakatsizlikning qaysi qonun hujjatiga zid ekani;
arizachining qarorni haqiqiy emas, harakatlarni yoki harakatsizlikni qonunga xilof deb topish to`g`risidagi talabi ko`rsatilishi kerak.
10.10.2021, 15:23
Bugun bo`lib o`tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati ma`lum qildi.Kengash qaroriga ko`ra:Namazbaeva Saragul...25.08.2021, 17:42
“Yolg`onning umri qisqa”, degan ibora hammamizga yaxshi tanish. Haqiqatan ham bu gapda yuz foiz jon bor. Yolg`on ishning qachondir misi chiqib, boshqalarni aldamoqchi bo`lgan odamning...04.08.2021, 19:19
Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi...29.07.2021, 16:49
Qonunga ko`ra, barcha sudlarda ishlar ochiq ko`riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko`rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo`l qo`yiladi. Sud majlisi zalida hozir bo`lgan shaxslar, ommaviy...