2021 yil 10 avgust kuni soat 21:10 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik ko`chasida joylashgan "Davlat xizmatlari agentligi" binosi ro`parasida haydovchi F.E. "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan (yo`l belgilari va chiziqlari bilan belgilangan) piyodalar o`tish joyidan onasi bilan o`tayotgan, bolalar aravachasida bo`lgan, 2020 yil noyabr oyida tug`ilgan U.J.ni urib yuborgan.
Natijada voyaga etmagan U.J. og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
Haydovchi F.E.ga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






