Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, respublikada 2021 yilning yanvar–iyun oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 5 807,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan.
O`tgan yilning tegishli davriga nisbatan 123,0 % ni tashkil etgan.
Sement ishlab chiqarish 2021 yilning:
- Yanvar oyida 559,3 ming tonna (o`sish sur`ati 107,3 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 1 325,4 ming tonna (118,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 2 228,4 ming tonna (114,1 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 3 582,6 ming tonna (126,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 4 679,2 ming tonna (124,2 foiz)ni tashkil etdi.
Shuningdek, respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 42,3 %, Navoiy viloyati 32,2 %, Jizzax viloyati 13,0 % hamda Farg`ona viloyati 8,5 % hissasiga to`g`ri kelgan.






