AsosiyJinoyat

Samarqandda fuqaroni texnikumga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Samarqandda fuqaroni texnikumga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro O.S. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar