Joriy yilning 14 avgust kuni Milliy gvardiya qo`mondoni general-mayor R.Djuraevning Tokio Olimpiya o`yinlarida O`zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Milliy gvardiya sportchilari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Milliy Olimpiya qo`mitasi, Qo`l jangi federasiyasi hamda Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo`linmalari mutasaddi rahbarlari, Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan 7 nafar sportchi-harbiy xizmatchilarimiz, ularning ota-onalari va murabbiylari, ishtirok etishgan.
Olimpiadada ishtirok etgan etti nafar harbiy xizmatchilarga O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi sha`nini munosib himoya qilib harbiy xizmatchi va xodimlar orasida shaxsiy namuna ko`rsatganliklari hamda olimpiya sport turlarini ommalashishiga qo`shgan xissalari uchun Alvon beret kiyish huquqi berildi.
Shuningdek, leytenant Baxodir Jalolov O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining I darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko`krak nishoni va qimmatbaxo sovg`a bilan;
Leytenant Raximova Tursunoy, Leytenant Qodirova Rayhona va Leytenant Baturov Bobo-Usmonlar O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining II darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko`krak nishoni va qimmatbaxo sovg`alar bilan;
Katta leytenant Elmurat Tasmuratov, Oddiy askarlar Jalg`as Berdimurodov va Elnur Abduraimovlar O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko`krak nishoni va qimmatbaxo sovg`alar bilan taqdirlandilar.
Shu bilan birga ushbu sportchilarimizning olimpiada o`yinlarida ishtirok etishlari uchun o`zlarining munosib xissalarini qo`shgan, boks bo`yicha O`zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiysi To`lqin Qilichev va boks bo`yicha murabbiy Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o`quv markazi katta o`qituvchisi mayor Elshod Rasulov, Sport kurashlari bo`yicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktabi murabbiysi Ravshan Ro`ziqulovlar O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko`krak nishoni bilan taqdirlandilar.






