AsosiyJamiyat

Havo sifatini monitoring qiluvchi yangi geopоrtal va mobil ilova yaratildi

'Havo sifatini monitoring qiluvchi  yangi  geopоrtal va mobil ilova yaratildi'ning rasmi

Havo sifatini monitoring qiluvchi  yangi  geopоrtal va mobil ilova yaratildi. Bu haqda AOKAda Gidrometeorologiya markazi rahbarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida e`lon qilindi.
Unga ko`ra, aholi yashash punktlarda havo sifatini monitoring qilish hamda gidrometeorologik ma`lumotlarni vizuallashtirish bo`yicha yangi monitoring.meteo.uz geopоrtali  yaratilgan, shuningdek mobil ilovasi ham  ishga tushirilgan.

 MODIS uskunasining modernizasiya qilinishi natijasida kuniga 4 marta respublikaning tog` va tog`oldi hududlarida qor qoplami balandligini o`lchash orqali suv miqdori hisobini yuritish va qishloq xo`jaligi ekinlarining vegetasiya indeksi zichligini aniqlashga erishilgan.

Gidrometeorologiya faoliyatida sun`iy yo`ldosh va erni masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, gidrometeorologik ma`lumotlar bilan almashish uchun ma`lumotlar uzatishning yagona telekommunikasiya tarmog`ini yaratish bo`yicha dastur tasdiqlangan.

Boshqa yangiliklar