AsosiyJamiyat

6 oy ichida o`zbek va chet ellik fuqarolar ishtirokida 2 113 ta nikoh qayd etilgan

'6 oy ichida o`zbek va chet ellik fuqarolar ishtirokida 2 113 ta nikoh qayd etilgan'ning rasmi

FHDYo organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston fuqarolari o`rtasida 143 555ta nikoh qayd etilgan bo`lib, eng ko`p nikoh Samarqand viloyatida (16 680ta) va eng kam nikoh Sirdaryo viloyatida (3 667ta) qayd qilingan.

Shu bilan birga 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 2 113 nafar O`zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar o`rtasida nikoh qayd qilingan . Shundan, 1 272 nafar o`zbekistonlik qizlar xorijiy mamlakat fuqarosi bo`lgan kuyovlarga turmushga berilgan hamda 937 nafar xorijiy mamlakat fuqarosi bo`lgan chet ellik qizlar O`zbekistonga kelin qilib olingan.

Kuyovlarning ko`pchiligi Rossiya Federasiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qo`shma Shtatlari va boshqa xorijiy mamlakat fuqarolari bo`lib, kelinlarimizning ko`pchiligi Qozog`iston, Rossiya Federasiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon mamlakatlari fuqarolarini tashkil etdi.

Shuningdek , FHDYo organlari tomonidan 2021 yilning yanvar-iyul oylarida jami 385 nafar ota-onasi xorijiy mamlakat fuqarosi bo`lgan bolalarning tug`ilishi qayd etilgan.

Eng ko`p tug`ilish holatlari esa Surxondaryo (70ta) va Qashqadaryo (43ta) viloyatlarida aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar