Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Zubrenok milliy bolalar ta`lim va salomatlik markazida Suriyalik 81, O`zbekistonlik 23 bolani dam olish va sog`lig`ini yaxshilash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Prezident zaxira fondidan mablag` ajratish to`g`risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmati, shuningdek "Belta” nashriga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Bolalarning dam olishi dasturiga lagerda sanatoriy-sog`lomlashtirish xizmatlari, Minsk shahri va viloyatlarga sayyohat hamda madaniy tadbirlar kiradi.
"Suriya va O`zbekistonlik bolalarni taklif qilish bu davlatlar bilan gumanitar va ta`lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, Belarus tarixi va madaniyatini ommalashtirish, shuningdek, mamlakatning xorijdagi ijobiy imijini mustahkamlashga yordam beradi", - deyiladi xabarda.






