O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta`limdagi isloxotlar haqida so`zladi:
"Keyingi besh yilda oliy ta`limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo`lish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga etdi, deganidir.
O`zingiz qiyoslab ko`ring, 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko`paytirilgani, o`tgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga ko`tarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta`minlashga qaratilgan amaliy e`tiborimiz namunasidir.
Biz 2030 yilga qadar maktab, lisey va kollej bitiruvchilarini oliy ta`lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga etkazishni reja qilganmiz va bunga albatta erishamiz".