Rossiya Afg`onistonda Tolibon harakati (Rossiyada taqiqlangan) kuchini tan olishga shoshilmayapti. Bu haqda jurnalistlarga seshanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma`lum qildi.
"Biz boshqa davlatlar singari ularni tan olinishga shoshilmayapmiz", dedi u.
"Kecha men Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I bilan gaplashdim. Bizning pozisiyalarimiz bir -biriga mos keladi", - deya qo`shimcha qildi Lavrov.
Shu bilan birga, vazirning ta`kidlashicha, Rossiya Afg`onistonni yanada rivojlantirish borasida toliblardan ijobiy signallarni qayd etadi. "Biz boshqa siyosiy kuchlar ishtirokida hukumatga ega bo`lish istagini bildirgan, jarayonlarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirgan. Tolibonning umum e`tirof etilgan siyosiy idorasi mavjud ", - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri. Lavrovning so`zlariga ko`ra, Rossiya "Tolibon"ning Afg`oniston siyosiy kuchlari rahbarlari bilan muloqotiga umid qiladi. Mamlakat hukumatining inklyuziv o`tish davri tuzilmalarini shakllantirish bilan yakunlanadi.
"Mana shu kunlarda hatto Tolibon vakili bilan ham suhbat bo`lishi mumkin. Umid qilamanki, bu afg`onlarning o`tish davri tuzilmalarini o`z ichiga olgan kelishuv bilan yakunlanishiga bu muhim qadam",- dedi vazir.
"Biz Afg`onistonning barcha siyosiy va etnik konfessional kuchlari ishtirokida har tomonlama qamrab oluvchi milliy muloqot boshlanishini qo`llab-quvvatlaymiz",-deya qo`shimcha qildi Lavrov.
Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Kobul ko`chalaridagi ijobiy jarayonlarni qayd etdi, u erda "vaziyat ancha tinch va umuman Tolibon qonun va tartibni samarali ta`minlamoqda".
Ma`lumot uchun, Tolibon jangarilari 15 avgust kuni Kobulga jangsiz kirgan va bir necha soat ichida Afg`oniston poytaxti ustidan to`liq nazorat o`rnatgan edi. Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani qon to`kilmasligi uchun iste`foga chiqqanini va mamlakatni tark etganini aytdi. G`arb davlatlari mamlakat ichidagi o`z fuqarolari va elchixona xodimlarini evakuasiya qilmoqda.
Risolat MAXSIMOVA






