Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev muzokaralar o`tkazdi. Tomonlar Qozog`iston - Koreya strategik sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini batafsil muhokama qilgan.
Ta`kidlanishicha, Koreya Respublikasidan Qozog`iston iqtisodiyotiga 6 mlrd dollardan ortiq investisiya kiritilgan. Qozog`istonda Koreyaning 550 ta kompaniyasi (jumladan, Samsung, Hyundai, Lotto, Posko va boshq.) faoliyat olib bormoqda.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari ishtirokida quyidagi hujjatlar imzolangan:
1. Qozog`iston Respublikasi va Koreya Respublikasining qo`shma bayonoti (og`zaki qabul qilingan);
2. Qozog`iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi o`rtasida arxiv ishi sohasida o`zaro anglashuv memorandumi;
3. Qozog`iston Respublikasi Savdo va integrasiya vazirligi va Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi;
4. Qozog`iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi va Koreya Respublikasi atrof -muhitni muhofaza qilish vazirligi o`rtasida suv resurslarini boshqarish sohasida o`zaro anglashuv memorandumi;
5. Qizilo`rda viloyati hokimligi va Koreya Respublikasi faxriylari va vatanparvarlari agentligi o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi;
6. «Samruk-Kazna» milliy boylik fondi» AJ va Koreya xalqaro savdo assosiasiyasi (KITA) o`rtasidagi hamkorlik memorandumi.






