AsosiyJamiyat

Bolalar nafaqasini tayinlash tartibi qanday?

'Bolalar nafaqasini tayinlash tartibi qanday?'ning rasmi

Kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi.

Qonunchilikka ko`ra, 2021 yil 1 sentyabrdan:

➖ 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to`lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o`rniga kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi.  

 Bolalar nafaqasini tayinlashda:

  •  inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
  •  to`lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
  •  uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo`llaniladi.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

250 000 so`m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so`m – yoshi 3 yoshgacha bo`lgan bitta kichik farzandi uchun;

150 000 so`m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo`shimcha;

100 000 so`mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.

 Yakka-yolg`iz bo`lgan fuqarolarga, farzandi bo`lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo`lgan kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

Moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so`m.

    Boshqa yangiliklar